Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq banki filiallarida «Chakana bank xizmatlari markazi» tashkil etilmoqda

Xalq banki filiallarida «Chakana bank xizmatlari markazi» tashkil etilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Bugun aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan O‘zbekiston matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining Xalq banki tizimidagi ijrosi haqida ma’lumot berildi.

Xususan, mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq banki filiallarida «Chakana bank xizmatlari markazi» tashkil etilmoqda. Bu orqali «front ofis» va «bek ofis» xizmat turlari joriy etilib, mijozlarga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan joriy yil yakuniga qadar 27 ta filialda «Chakana bank xizmatlari markazi» tashkil etilib, «namunaviy filial»ga aylantirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, barcha filiallarda «resepshn» faoliyati yo‘lga qo‘yilib, mijozlarga bank xizmati bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar beradigan 195 ta maslahatchi lavozimi tashkil etildi.

Shu bilan birga, Xalq banki tizimida mijozlar uchun bir qator zamonaviy bank xizmat turlari joriy qilinmoqda.

Misol uchun yuridik shaxslarga «Korporativ Mobil banking» va «Internet banking» interaktiv xizmatlari orqali kredit mablag‘ini nazorat qilish va so‘ndirish imkoniyatlari joriy qilindi.

Jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan «Xalq mobayl» mobil ilovasi yordamida esamilliy va xorijiy plastik kartochkalaridagi mablag‘larni onlayn rejimda boshqarish imkoniyati yaratildi.

Jumladan, ushbu mobil ilova yordamida omonatga pul qo‘yish, kreditlar to‘lash, «on-layn» konversiya amaliyoti orqali chet el valyutasini sotib olish joriy qilindi.

Shuningdek, mobil ilova orqali hisobvaraqlarni masofadan boshqarish bo‘yicha milliy valyutadagi «On-layn kapital» jamg‘arma omonati tashkil etildi.

Ushbu qaror doirasida amalga oshirilgan yana bir muhim amaliyot shuki, bank filiallarning kredit ajratishda Bosh bank bilan qo‘shimcha kelishuvsiz mustaqil qaror qabul qilishiga ruxsat etildi.

Shuningdek, ushbu qaror ijrosi doirasida barcha filiallarda xalqaro to‘lov kartalaridan naqd chet el valyutasini yechish mexanizmi to‘liq joriy etildi. Jumladan, bank filiallariga jami 234 ta valyuta terminallari o‘rnatildi.

2019 yilda xorijiy valyutani ayirboshlash xizmatini ko‘rsatish uchun xalqaro to‘lov tizimlariga, jumladan, «Yupey» to‘lov tizimiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, joriy yilning noyabr oyiga qadar 204 dona bankomat xarid qilinib, joylarga o‘rnatiladi.Shundan, 16 tasi valyuta ayirboshlash shoxobchalari vazifasini bajaradigan 24 soat ishlaydigan bankomatlardir.Ushbu bankomatlar asosan turistlar ko‘proq boradigan joylarga o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring