Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmning ikki tumani kompleks rivojlantiriladi

Xorazmning ikki tumani kompleks rivojlantiriladi

Foto: «Google.com»

2020-2022 yillarda Xorazm viloyatining Yangiariq va Gurlan tumanlari kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarorlar loyihalari muhokamaga joylashtirildi.

Hujjatlarga ko‘ra, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangidan «suv tozalash inshooti» tashkil qilish hamda oqava tizimi qurish uchun 2020-2022 yillarda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining har bir tumanga alohida 12,9 mln dollardan mablag‘larini jalb qilish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, har ikkala tumanda quyidagi tartib o‘rnatilmoqda:

2022 yil 1 yanvarga qadar ro‘yxatdan o‘tgan, ushbu tumanlarda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya beriladi.

Qayd etilishicha, davlat-xususiy sherikchilik asosida Yangiariqda 150 o‘rinli 5 ta, Gurlanda 100 o‘rinli 6 ta maktabga ta’lim muassasalari 2020 yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring