Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi

Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi

Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi.

«O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining asosiy vazifasi yog‘-moy xom ashyolarini qayta ishlash va yog‘-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.

2022-yil 1-yanvargacha uyushma mol-mulk solig‘i va foyda solig‘idan ozod etildi.

«O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar 2021-yil 1-yanvargacha:

  • o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish maqsadida import qilinadigan soya dukkagi, kungaboqar va boshqa moyli o‘simliklar urug‘lari bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan;
  • qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Yog‘-moy sanoati korxonalariga 2022-yil 1-yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan kaustik soda, aktivlashtirilgan tabiiy mineral mahsulotlar va katalizatorlar importida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 90 kunga kechiktirish imkoniyati berildi.

Qaror bilan Hukumatga quyidagi vazifalar yuklandi:

  • Yog‘-moy sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash;
  • 2019-2020-yillarda 150 million AQSh dollari miqdoridagi 37 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
  • mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 90 foizgacha yetkazish;
  • 2021-yilgacha yog‘-moy xom ashyolari jamg‘arish miqdorini 100 ming tonnagachayetkazish;
  • 2021-yilgacha o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmlarini 400 ming tonnagachayetkazish.

Shuningdek, yog‘-moy sanoati tarmog‘i kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy markaz tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring