Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«18 yil deganda Toshkentda propiskaga o‘tganman» — Shavkat Mirziyoyev

«18 yil deganda Toshkentda propiskaga o‘tganman» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent shahrida saylovchilar bilan uchrashmoqda. Amaldagi davlat rahbari uy-joy qurilishi va propiska masalasida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib o‘tdi.

— Jizzaxda tug‘ildim, ammo 18 yoshimdan buyon Toshkentdaman. Shu yerda o‘qidim, bilim va tarbiya oldim.

Yotoqxonalarda yashaganman, kvartiralarda turganman. Bu muammolarni o‘zim yaxshi bilaman, birov aytmagan menga.

Nima uchun ko‘p uy qurishga harakat qilyapmiz? Chunki uysizlik azobini shaxsan o‘zim boshimdan o‘tkazganman. Toshkentga kelganimdan keyin 18 yil o‘tgandan keyin propiskaga o‘tganman. Katta mamlakatda yashab, shaharga propiska qo‘yish mumkin emas edi.

Shuning uchun ham prezidentlik lavozimida ish boshlashim bilan uy-joy qurishga, sharoitlarni yaxshilashga harakat qildik, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring