Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2-guruh nogironi 1,5 mln evaziga umrbod nogironga aylantirildi

2-guruh nogironi 1,5 mln evaziga umrbod nogironga aylantirildi

Foto: «Xabar.uz»

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiyaga oid jinoyatlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda  Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va tibbiy reabilitatsiya ishlari talabga javob bermasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Nogironlik alomatlari yaqqol ko‘rinib turgan hamda noxush klinik tashxisga ega fuqarolarga nogironlikni belgilashda byurokratik va korrupsion to‘siqlar yaratilganligi ham bor haqiqat.

Masalan, alohida anatomik nuqsonlar, ya’ni qo‘l, oyog‘i amputatsiya qilinganlar, bolalikdan tug‘ma nogironlar, daun kasalligiga chalinganlar nogironlikni olish uchun 4 oydan 6 oygacha behuda davolanishga majbur   bo‘lmoqda.

Yangiariq tumanida 1994-yilda tug‘ilgan, bolalikdan qovurg‘alari tug‘ma deformatsiya bo‘lgani bois, nogironligi yaqqol ko‘rinib turgan fuqaro D. nogironlik guruhini olish maqsadida 2019-yil mart oyidan 4 oy 20 kun faqat rasmiyatchilik uchun shifoxonada yotishga majbur bo‘lgan.

Respublika bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar 615 mingdan ortiq bo‘lsada, tibbiy-mehnat ekspertizasini to‘laqonli o‘tkazish, ularni ijtimoiy, kasbiy reabilitatsiya qilish uchun reabilitologiya va ergoterapiya mutaxassislari   yo‘q.

Eng ayanchlisi, nogironlik bilan tug‘ilgan yoki nogiron bo‘lib qolgan fuqarolar ham nogironlikni rasmiylashtirishda tamagirlikka duch kelmoqda. Masalan, Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiy maslahat komissiyasi raisi 2-guruh nogironi T.ga umrbod nogironlikni belgilab berish evaziga undan 1,5 mln. so‘m pora olayotganida ushlangan. Ya’ni bundan chiqadigan xulosa shuki, pul evaziga odamni yo sog‘lom yoki bir umrga nogironga ham aylantirish mumkin...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring