Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2019-yilga nom berildi(mi)?

2019-yilga nom berildi(mi)?

Foto: «Hotel Bamby»

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi bag‘ishlangan tadbirdan so‘ng, internet tarmog‘ida davlat rahbarining 2019-yilga nom bergani haqida mish-mishlar tarqalib ketdi. Hatto ayrim sahifalarda  «2019-yil Tibbiyotni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilingani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ham mazkur masalaga to‘xtalib o‘tdi.

«Uzoq yillar davomida Konstitutsiya bayrami arafasida kelgusi yilga nom berilishiga ko‘nikib qolgan edik. Bu o‘ziga xos an’anaga aylangandi.

Lekin o‘tgan yildan boshlab, kelgusi yil nomi Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlangan tadbirda emas, balki Prezidentning Oliy Majlisga taqdim etadigan murojaatnomasida ma’lum qilinadigan bo‘ldi. Joriy yilda ham ana shunday murojaatnoma bo‘ladi (bu haqida Prezident o‘z nutqida ta’kidlab o‘tdi) va yil nomi ham ana shu murojaatnomada aytilishi kutilmoqda. Murojaatnoma qaysi sanada bo‘lishi hozircha ma’lum qilinmadi.

Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda tarqab yurgan yil nomi haqidagi xabarlarga ishonmang. Balki rostdan sog‘liqni saqlash sohasiga oid yil bo‘lishi ham mumkin (lekin bunaqa yil ilgari ko‘p bo‘lgan), bu menga qorong‘u. Ammo rasman yilga nom berilgani 100% yolg‘on» deya yozadi huquqshunos.

Demak, 2019-yilga rasman hali hech qanday nom berilmagan va bu haqda tarqalgan xabarlar asossiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring