Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2022-yil oxirigacha hamma hududlarda buyrak transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi

2022-yil oxirigacha hamma hududlarda buyrak transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi

«Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5254-son, 04.10.2021-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

- 2021-yilda yurak nuqsonlarini davolash uchun mo‘ljallangan 500 ta tibbiy buyum (okklyuder) xarid qilish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga 10 milliard so‘m;
- 2022-yildan har yili o‘rtacha 2 500 ta okklyuder xarid qilish uchun mablag‘lar ajratiladi.

2021-yilda Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallari 42,5 milliard so‘mlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

 Qarorga ko‘ra, 2022–2023-yillarda:

● kam invaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari ko‘lami kengaytiriladi;
●tuman (shahar)larda amaliyotlar turi 60 tadan 79 taga, hududlarda esa 130 tadan 168 taga yetkaziladi;
● Xirurgiya markazida yurak va o‘pka transplantatsiyasi joriy etiladi.

2022-yil yakunigacha barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Xirurgiya markazida:

- Inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi ilmiy laboratoriyasi;
- 2021-2022 o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasining Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi tashkil etiladi.

2021-yil 1-noyabrdan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davlat tibbiyot muassasalari rahbarlarini sog‘liqni saqlash sohasida boshqaruv (Healthcare Administration) yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish yo‘lga qo‘yiladi.

2022-2023 o‘quv yilida sog‘liqni saqlash sohasi uchun 50 nafar menejer mutaxassislarni magistrlik yo‘nalishi (Master of Healthcare Administration) bo‘yicha davlat granti asosida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va boshqa OTMlarda tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash choralari ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring