Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2030-yilgacha aholining o‘rtacha umr davomiyligi 78 yoshga yetkaziladi

2030-yilgacha aholining o‘rtacha umr davomiyligi 78 yoshga yetkaziladi

«O‘zbekiston – 2030» startegiyasida aholining o‘rtacha umr davomiyligini 78 yoshga yetkazish maqsadi ilgari surilmoqda.

Bunda davlat budjetidan sog‘liqni saqlash sohasiga ajratiladigan mablag‘lar ulushini 2030-yilga qadar YaIMning 5 foiziga yetkaziladi.

Shuningdek:

  • Yurak qon-tomir kasalliklaridan erta o‘limni (30-69 yosh) 27 foizgacha kamaytirish;
  • Saraton kasalligidan erta (30-69 yosh) o‘limni 5,2 foizgacha kamaytirish;
  • Qandli diabet kasalligi bor bemorlarni davolash bilan 100 foiz qamrovini ta’minlash;
  • Nafas yo‘llari kasalligidan erta o‘limni (30-69 yosh) 1,5 foizdan oshmasligini ta’minlash;
  • Sil kasalligi bilan kasallanish darajasini 33 foizdan yuqori bo‘lmasligini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Mazkur maqsadlarga erishish uchun davlat budjeti, xalqaro moliyaviy institutlar, xususiy sektor, homiylik va grant mablag‘laridan ajratilishi belgilanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 75,1 yoshgacha uzaygani aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring