Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

4 500 000 so‘mgacha subsidiya beriladi

4 500 000 so‘mgacha subsidiya beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning «Zamonaviy kasbiy ko‘nikmaga ega malakali ishchi kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan boshlab quyidagi dasturlar joriy etiladi:

  • «mahalladoshingni kasbga o‘rgat» – malakali kasb-hunar egasiga har bir o‘qitgan mahalladoshi uchun 600 000 so‘m (BHM 2 baravari) subsidiya beriladi;
  • «kasbiy malaka darajangni bilib ol» – ish tajribasi yetarli, lekin malakasini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lmaganlarga malaka pasportini olish xarajatlarining 1 200 000 so‘m (BHM 4 baravari)gacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;
  • «malakali kasb egasi ekanligingni tasdiqla» – nodavlat ta’lim tashkilotini tamomlagandan keyin 1 oy ichida malaka pasportini olganlarga xarajatlarining 1 200 000 so‘m (BHM 4 baravari)gacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi va ularga o‘quv xarajatlari uchun 4 500 000 so‘m (BHM 15 baravari)gacha subsidiya ajratiladi;
  • «kasb egasini ishga ol» – davlat yoki nodavlat ta’lim muassasalaridagi qisqa muddatli o‘quv kurslarda kasb-hunarga o‘qigan yoki kasbiy malakasi tasdiqlangan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchiga 300 000 so‘m, ishga qabul qilingan shaxs 6 oy uzluksiz ishlaganda 600 000 so‘m, 12 oy uzluksiz ishlaganda 900 000 so‘m (BHM 3 baravari) miqdorida subsidiya taqdim qilinadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring