Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyati bo‘ylab maxsus sayohat dasturlari ishlab chiqildi

Andijon viloyati bo‘ylab maxsus sayohat dasturlari ishlab chiqildi

Andijon viloyatiga xorijiy va mahalliy sayyohlarni keng jalb qilish, hududning boy tarixi, madaniy merosi, ziyorat turizmi salohiyati hamda betakror tabiati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 1 kunlik va 2 kunlik maxsus sayohat dasturlari ishlab chiqildi.

Mazkur turistik marshrut Andijon viloyatining Paxtaobod va Jalaquduq tumanlari, shuningdek Andijon hamda Xonobod shaharlarida joylashgan ziyoratgohlar, tarixiy va madaniy muzeylar, zamonaviy turizm obyektlari hamda dam olish maskanlarini qamrab oladi.

Sayohat davomida mehmonlar milliy qadriyatlar, urf-odatlar, hunarmandchilik an’analari va mahalliy gastronomiya bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, turistlar uchun tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, tarixiy obidalarni ziyorat qilish hamda hududning madaniy muhitini his etish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Ushbu 1 kunlik va 2 kunlik sayohat dasturlari orqali Andijon viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, ichki va tashqi turizm oqimini oshirish, shuningdek sayyohlarga unutilmas taassurotlar ulashish maqsad qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring