Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh yana 24 nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

AQSh yana 24 nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

Foto: «Dunyo» AA

AQSh yana 24 nafar O‘zbekiston fuqarosini migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qildi.

Bortida deportatsiya qilingan fuqarolar bo‘lgan AQShdan uchgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni ta’minlash kabi barcha tashkiliy-huquqiy tartib-taomillar tezkorlik bilan kelishib olindi.

«O‘zbekiston migratsiya masalalari, jumladan, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish hamda chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni doimiy asosda davom ettirmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni Stokgolmdan charter reys bilan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkentga olib kelingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring