Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Axloqli odam kim?

Axloqli odam kim?

foto: Freepik

Yetmishta tilni bilgan, 160 dan ortiq asar yozib qoldirgan ulug‘ alloma Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» kitobini mutolaa qilishdan charchamayman. U zotning fikricha, o‘zida (fe’l-atvori, xulq-odobida) quyidagi xislat-fazilatlarni birlashtirgan kishini axloqli deyish mumkin. Bunday kishi:

«Tanasining barcha a’zolari mukammal darajada rivojlangan va sog‘lom bo‘lishi kerak.

Ziddiyatli masalalar mohiyatini tez va to‘g‘ri anglaydigan, so‘zlovchining maqsadini,  so‘zlarining rost yoki yolg‘onligini farqlay olsin. Xotirasi baquvvat bo‘lsin, eshitganlarini yodidan chiqarmasin.

Zehni biror alomatni (g‘ayritabiiy holatni) avvaldan fahmlash,  bu alomat nimani anglatishini (sababini) sezish darajasida bo‘lsin.

Nutqi ravon, talaffuzi sodda va tushunarli bo‘lsin, aytmoqchi  bo‘lgan fikrlarini tushunish boshqalar uchun qiyin bo‘lmasin.

Ilm olishga, bilmagan narsalarini  o‘rganishga ishtiyoqda  bo‘lsin, bu zahmatdan charchash nimaligini bilmasin, bilmoqchi bo‘lganlarini tez o‘zlashtirsin.

Ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko‘z bo‘lmasin. Qimor o‘yinlaridan uzoqda bo‘lsin, bunday narsalar keltiradigan xursandlikdan jirkansin.

Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini qadrlasin. Yolg‘onga, yolg‘on so‘zlovchilarga nafrat bilan qarasin. Ruhiy g‘ururi va vijdonini hamisha qadrlasin. Boylikka, pul yig‘ishga jirkanish bilan qarasin.

Yaqinlari va boshqalarga hamisha adolatli bo‘lsin. Jabr va zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan qarasin. Odamlarga go‘zal va yaxshi narsalarni hadya qilishni unutmasin.

Adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, dimog‘dorlikka berilmasin.

O‘zi zarur deb bilgan narsalarning amalga oshishida qat’iyatli va qo‘rqmas bo‘lsin, jasurlik ko‘rsatsin, ojizlik qilmasin».

Ahmadjon Meliboyev

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring