Ayrim toifa tadbirkorlarga alkogol va sigaretani naqd pulga sotishga ruxsat beriladi
Joriy yil 26-may kuni imzolangan «Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-iyundan soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdor BHMning 12 ming baravari etib belgilandi.
Shuningdek, 2026-yil 1-iyundan mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tomonidan:
- alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul to‘lovlarini qabul qilishga ruxsat beriladi;
- alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu subyektlarda yakuniy iste’molga realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi.
Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun:
- ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda shu kunning o‘zida va muayyan muddatga rasmiylashtirish va ish haqini to‘lash tartibi joriy etiladi;
- to‘langan QQSning bir qismini qaytarish, tushumning naqd pulsiz shaklda tushgan ulushidan qat’i nazar, to‘langan soliq summasining 40 foizi miqdorida amalga oshiriladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter