Bekobod shahriga yangi hokim tayinlandi
Bekobod shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tahliliy ma’ruza qildi.
Shundan so‘ng tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Nasrulla Babayev egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Toshkent viloyati hokimi Bekobod shahri hokimi lavozimiga Narimon No‘monovich Ismoilov nomzodini tavsiya qildi.
Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari tomonidan Narimon Ismoilov Bekobod shahri hokimi etib tasdiqlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter