Birjada kömir narxlari arzonlaşdi
Ötgan hafta, yaʼni 16–22-noyabr kunlari «Özbekiston respublika tovar-xom aşyo birjasi» AJning barça savdo platformalarida 35 472 ta bitim tuzildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 6,9 foizga köp.
Körib çiqilayotgan davrda oçiq birja savdolari orqali jami 17 191 ta bitim tuzilgan.
Jumladan, birja savdolariga 1 mln 651 ming 397 tonna kömir qöyildi. Şundan 375 ming 65 tonnasi, yaʼni 22,7 foizi sotildi. Savdolarda har kuni örtaça 28 nafar xaridor iştirok etdi. Hafta davomida kömirning örtaça kunlik narxi bir tonna uçun 514 ming sömdan 450,5 ming sömgaça pasaydi.
Şuningdek, birja savdolari orqali 12 782 tonna ammiakli selitra sotildi. Savdolarda har kuni örtaça 25 nafar xaridor qatnaşdi. Örtaça kunlik sotuv hajmi 2 556 tonnani taşkil etdi. Ammiakli selitraning örtaça kunlik narxi ham pasayib, bir tonna uçun 3 mln 852,5 ming sömdan 3 mln 794,8 ming sömga tuşdi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter