Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Blogerga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini prokuror bekor qildi

Blogerga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini prokuror bekor qildi

Foto:«Xabar.uz»

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida Andijonlik bloger Otabek Nuritdinov tomonidan unga nisbatan asossiz jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi haqida post qoldirilgan.

Shunga ko‘ra, Andijon viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan mazkur jinoyat ishi nazorat tartibida o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, 2020-yil oktyabr oyida Abdufattoh Nuritdinov «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida mavjud bo‘lgan «Otabek Nuritdinov» nomli saxifasida fuqaro G.Mirzayevani «Ma’naviy buzuq ayol» va shu kabi so‘zlar bilan haqoratlaganligi bo‘yicha 20-noyabr kuni Andijon shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining Xabar.uzga ma’lum qilishicha, jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi qarorni qabul qilishda jinoyat protsessual qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilinmaganligi aniqlangan.

Shu sababli, Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi (Aybsizlik prezumpsiyasi) 3-qismiga muvofiq A.Nuritdinovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring