Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolalar tinch va baxtli hayot kechirishlari shart

Bolalar tinch va baxtli hayot kechirishlari shart

Foto: «Newsweek.com»

«Afsuski, hozir ham qurolli to‘qnashuvlar va jangovar harakatlar hududlari mavjud. Natijada, bolalar o‘lmoqda, ko‘plab bolalar ota-ona qaramog‘isiz qolmoqda. Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga himoya, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish eng oliy maqsadimiz hisoblanadi. Huquqlar barcha bolalar uchun istisnolarsiz, ya’ni bolaning o‘ziga yoki uning oilasiga tegishli har qanday asos yoki boshqa holatlar bo‘yicha farqlanish va kamsitishlarsiz tan olinadi. Bola har qanday holatda ham, himoya va yordamni birinchi bo‘lib olishi kerak», — dedi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova «Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida qurolli mojaro hududlaridagi bolalar va ayollarni o‘z vataniga qaytarish va ularni jamiyatga samarali reintegratsiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik», mavzusida o‘tkazilgan onlayn konferensiyada.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Bola huquqlari bo‘yicha vakil hamda YuNISEF hamkorligida «Taraqqiyot strategiyasi» majlislar zalida o‘tkazilgan ushbu tadbirda markaziy Osiyo inson huquqlari bo‘yicha vakillar, YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Rossiya Federatsiyasi va AQSh elchixonalari, davlat organlari vazirlik, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining institutlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyaning maqsadi yaqin Sharqdagi qurolli to‘qnashuvlardan jabr ko‘rgan bolalar va ayollarni vataniga qaytarish va qayta tiklash bo‘yicha tajriba almashishdir.

«YuNISEF ushbu ilg‘or tajriba almashinuviga ko‘mak berishdan mamnun bo‘lib, bugun ushbu anjumanda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qiladi, chunki biz qurolli to‘qnashuvlardan jabr ko‘rgan bolalar huquqlarini himoya qilish uchun birgalikda ish olib boramiz. Bolalar tinch hayotda baxtli yashashlari shart», — dedi Afshan Xan, YuNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori.

Konferensiya ishtirokchilari barchani tashvishga solayotgan masalalarni belgilab, samarali hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar. Xalqaro ekspertlar O‘zbekiston tajribasini yetarli darajada samarali deb baholab, uni mintaqadagi va butun dunyodagi mamlakatlar bilan o‘rtoqlashishga loyiq deb topdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring