Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura Akademiyasiga boshliq tayinlandi

Bosh prokuratura Akademiyasiga boshliq tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8 maydagi «Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi etib qayta tashkil etilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 18 maydagi buyrug‘iga asosan Kolenko Yevgeniy Vyacheslavovich ushbu Akademiya boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Caption

Ye.Kolenko 1977 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1999 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2013 yilda Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1999 yilda Chilonzor tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2008 yilda «Jasorat» medali, 2017 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

2017 yildan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Caption

Shuningdek, Bosh prokurorning mazkur buyrug‘i bilan Gafurov Rustam Baxtiyarovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

R.Gafurov 1983 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2005 yilda O‘zbekiston milliy universitetini, 2011 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2017 yilda Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005 yilda Toshkent tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyat prokuraturasida turli lavozimlarda, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

2018 yildan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring