Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazirga yana bir maslahatchi tayinlandi

Bosh vazirga yana bir maslahatchi tayinlandi

Foto: «agro.uz»

Hukumat qarori bilan Abrol Vahobov Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar berdi «Huquqiy axborot» kanali.

Abrol Vahobov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.

Avvalroq, hukumat qarori bilan Alisher Sultonovga Bosh vazirning Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasini bajarish yuklangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring