Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda o‘smir qizning «o‘g‘irlangani» rostmi?

Buxoroda o‘smir qizning «o‘g‘irlangani» rostmi?

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda «Bola o‘g‘rilari paydo bo‘lganini aytishmoqda» sarlavhasi ostidagi xabar shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Holat «Xabar.uz» muxbiri tomonidan o‘rganildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda taraqalgan videoga ko‘ra, Shofirkon tumani, Ko‘rishkent MFY O‘zgan qishlog‘ida yashovchi, tumandagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchisi G.T. o‘zini 1 notanish erkak va 2 ayol qora rangli «Kobalt» rusumli avtomashinaga bosib, olib qochishga uringanini aytgan.

«Tengdoshlarim bilan o‘ynab yurgandik. O‘shandayam mashinani oldinroqda turgan edi. Tengdoshlarim tarqalishgach, men amakimnikiga ketdim. Amakimnikiga hech kim yo‘q ekan. Qaytib kelayotganimda, bir erkak va ikki ayol meni mashinaga bosib olib kirdi»,-degan.

O‘smir qiz voqeani zudlik bilan kelib onasiga bildirgan. Onasi tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan tezkor guruh shakllantirilib, surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

G.T. o‘z ko‘rsatmasida notanish kimsalarning kuch ishlatib, davlat raqami berkitilgan avtomashinaga bosib olib kirishgani, qarshilik ko‘rsatsa, uni urishgani, bir kilometrcha yurilgach, mahalladagi 28-maktabgacha ta’lim muassasasi oldidagi chuqurchaga mashinaning oyog‘i tushib, eshigi ochilib ketganini va shuning natijasida qiz ularning qo‘lidan qochib ketganini vaj keltirgan.

«G.T. maktabda yashi baholarda o‘qiydi. O‘zlashtirishi yomon emas. Ammo, meni hayratda qoldirgani, nahotki, u odamlarni baqir-chaqir qilib, yordamga chaqiradi-yu, hech kim eshitmaydi. Axir, 28-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi judayam gavjum joyda joylashgan. Bu yerda yirik do‘kon, ishlab chiqarish sexi, guzar bor. Kechki soat 21-22 largacha odamlar bilan gavjum. Vaholanki, qishloq joyi. Tushunmadim»,-deydi maktab direktori Mirali Toshev.

Mahalla raisi Lola Bo‘ronova holatga izoh berar ekan, o‘smir qiz vajiga ko‘ra, uni chindan ham o‘g‘irlab qochishayotgan ekan, bir nafar erkak va ikki nafar ayol uni zo‘rlik bilan ham ushlab qolishi mumkinligini, qizning bir vaji keyingi vajiga to‘g‘ri kelmayotganini ta’kidlagan.

«G.T. avvaliga uni olib qochgan avtomshina davlat raqamining berkitilganini bildirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga e’tibor qilinadigan bo‘lsa, u mashina raqamining katta-katta raqamlar bilan yozilganini, ammo unga e’tibor qilmaganini aytib o‘tgan»,-deydi mahalla raisi.

Huquq-tartibot organlari vakillari holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib borishgan va u hududda faol faoliyatda bo‘lgan birorta kamerada qora rangli «Kobalt» rusumli avtomashina harakatlanmagani tasdiqlangan.

«Holat yuzasidan barcha huquq-tartibot organlari idoralari, hokimiyat va yoshlar tashkilotlari jiddiy shug‘ullanishmoqda. Tegishli tartibda tergovga qadar tergov harakatlari boshlandi. O‘smir qizning ruhiy holatidayam qattiq nazoratga olindi. Yakuniy tekshiruv ishlari yuzasidan ma’lumot taqdim etiladi»,-dedi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring