Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda qurilish ishlari sabab transport harakati cheklandi

Chilonzorda qurilish ishlari sabab transport harakati cheklandi

Illyustrativ foto.

Foto: Xabar.uz

Poytaxtning Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida qurilish-montaj ishlari sabab avtotransportlar harakati cheklandi.

11 may kundan boshlab:

  • 80, 135-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Muqimiy ko‘chasidan Arnasoy, Cho‘ponota, Chilonzor ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama;
  • 84-sonli avtobus yo‘nalishlining harakati Chilonzor ko‘chasidan Muqimiy, Bunyodkor, KHAY ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama;
  • 103-sonli avtobus yo‘nalishining harakati Chilonzor ko‘chasidan Muqimiy, Arnasoy, Chilonzor ko‘chalari orqali va o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etilgan.

«Toshshahartransxizmat» keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring