Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat soliq qo‘mitasining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilab berildi

Davlat soliq qo‘mitasining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilab berildi

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qarori (320-son, 17.04.2019) bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Qo‘mita soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Qo‘mita Hukumatga bo‘ysunadi va rais boshchilik qiladi. Rais Bosh vazir taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Nizom bilan Qo‘mitaning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilab berildi.

Qo‘mita soliq to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Shuningdek Qo‘mita, soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borishi lozim.

Qo‘mitaning samaradorligi muntazam baholanadi.

Soliq tekshiruvlari va mavzuli-ekspress o‘rganishlar boshqarmasi, Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va ularning hududiy tuzilmalari hamda Hududlararo inspeksiya xodimlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustamalar belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring