Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlatning binosini «sotmoqchi» bo‘lgan veterinar qo‘lga tushdi

Davlatning binosini «sotmoqchi» bo‘lgan veterinar qo‘lga tushdi

Foto: DXX

Termiz shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimi fuqaroni chuv tushirmoqchi bo‘ldi.

U go‘yoki ushbu bo‘lim tez orada boshqa joyga ko‘chishini aytib, bo‘shaydigan binoni yer maydoni bilan birgalikda tanishlari yordamida auksion orqali sotib olib berish evaziga fuqarodan 3 ming AQSh dollari talab qilgan.

DXX, IJQKD va IIB xodimlari ishtirok etgan tezkor tadbirda mansabdor 2 ming AQSh dollari va 12 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring