Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Davr» bankining xodimlari firibgarlikda ayblanmoqda

«Davr» bankining xodimlari firibgarlikda ayblanmoqda

Foto: IIBB matbuot xizmati

Ommaviy axborot vositalarida «Davr» banki xodimlari ko‘p millionli o‘marishlar bilan qo‘lga olingani haqida xabar tarqalgan edi. IIBB matbuot xizmati ushbu xabarni tasdiqladi.

O‘ndan ortiq mijozlar zararni qoplashni talab qilmoqda. Darhaqiqat, ichki ishlar boshqarmasiga Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi U.J. dan shikoyat xati tushgan. U joriy yilning 9 aprelida ipoteka krediti olish uchun «Davr» bankining Uchtepa filialiga murojaat qilgani va birlamchi to‘lov sifatida 75 million so‘m badal pulini o‘tkazganini bildirgan. Ammo bu pullar quruvchi tashkilot hisobiga yetib kelmagan.

Keyinchalik shunga o‘xshash shikoyat xatlaridan yana 20 tasi ichki ishlar organlariga kelib tushdi. Ularning barchasi kredit olish va bankda shaxsiy hisob-raqam ochish bilan bog‘liq edi. Ushbu fakt yuzasidan Uchtepa tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 3-punkt, 168-moddasi, «a» bandi bilan («Firibgarlik») jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanib «Davr» banki xodimlari 28 yoshli Yu.J. va 23 yoshli M.B. qo‘lga olindi Ularga nisbatan 1 may kuni ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring