Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Do‘kon oynasini sindirib kirgan o‘g‘ri ushlandi

Do‘kon oynasini sindirib kirgan o‘g‘ri ushlandi

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Joriy yilning 30 aprel kunidan 1 mayga o‘tar kechasi soat 01:07 da Mirzo Ulug‘bek tumani X.Abdullayev ko‘chasi 75A-uyda joylashgan «Saf-Savdo» MChJ do‘konidan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi Monitoring markaziga «tashvish» xabari kelib tushgan. Milliy gvardiya matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, kelib tushgan xabar zudlik bilan Mirzo-Ulug‘bek tumani 1-sonli Tezkor harakatlanuvchi guruhga yetkazilgan.

Voqea joyiga 4 daqiqada yetib borgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan «Saf-Savdo» MChJ do‘koni kirish eshigining past oyna qismini sindirish yo‘li bilan ichkariga kirgan noma’lum shaxs, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida qo‘lga olinib, tumandagi 1-son IIBB ga topshirilgan.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida ushbu noma’lum shaxs 1980 yilda tug‘ilgan Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanida yashovchi D.V. ismli fuqaro ekanligi aniqlangan. Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring