Dunyoning eng baland 5 cho‘qqisi
Everestning aniq balandligi bo‘yicha tortishuvlar hamon davom etmoqda.
- Afrika qit’asining eng yuqori nuqtasi bo‘lgan Kilimanjaro cho‘qqisi dengiz sathidan 5895 metr balandlikka ko‘tarilgan. Bu cho‘qqini zabt etganlar pastda yastanib yotgan ajoyib manzaradan hayratda qoladilar. Afsuski global isish ta’sirida cho‘qqining muzli qobig‘i shiddat bilan erib bormoqda.
- Shimoliy Amerikada joylashgan Mak-Kinli cho‘qqisi 6194 metr balandlikka bo‘y cho‘zgan. Cho‘qqining atrofidagi go‘zal manzaralar millionlar sayyohlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. Shuningdek bu joy Gollivud kinoijodkorlarining ham sevimli maskani hisoblanadi.
- Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan Elbrus tog‘i cho‘qqisi nafaqat bu davlatning, balki butun qit’aning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. Mashaqqat bilan 6642 metr balandlikni zabt etgan alpinistlar oppoq qorlar va bulutlarga o‘ralib yotgan o‘zga bir olamni maroq bilan tomosha qiladilar.
- Janubiy Amerikadagi And tog‘larining eng yuqori cho‘qqisi hisoblangan Akonkagua 6962 metr balandlikka ega. Cho‘qqi shuningdek sayyoramizning eng baland so‘ngan vulqoni maqomiga ham ega. Yuqoridan qaralganda past xuddi tumanga qoplanib yotgandek ko‘rinadi.
- Dunyoning eng baland nuqtasi shubhasiz Himolay tog‘ tizmasidagi Everestdir. Tibetliklar uni Jomolungma, nepalliklar esa Sagarmatxa deb ataydilar. Cho‘qqining aniq balandligi bo‘yicha tortishuvlar hamon davom etmoqda. Qaysidir tadqiqotchilar uni 8844 metr deyishsa, boshqa mutaxassislar dunyoning eng baland nuqtasi 8852 metrdan kam emas, deb bong uradilar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter