Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgarishlar kiritilmoqda

«Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgarishlar kiritilmoqda

«Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuning yangi tahrirdagi loyihasi muhokamasi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – amaldagi qonunchilikdagi kamchiliklar, yangi qonun loyihasini qabul qilishdan fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlari uchun bo‘ladigan ijobiy natijalarni OAV orqali keng jamoatchilikka yetkazishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ma’lum qilinishicha, qonunchilikka quyidagi yangiliklar kiritilmoqda:

1. Amaldagi Qonun nomi «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» bo‘lib, yangi tahrirdagi Qonun loyihasi Ekologik baholashning barcha jabhalarini qamrab olishi sababli «Davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risida» etib nomlandi;

2. Ekologik ekspertiza xulosalarini berishda jamoatchilik fikrini inobatga olish majburiyatlari kiritildi (Orxus konvensiyasi talablari asosida);

3. Atrof-muhitga ta’sirni baholash va Strategik ekologik baholash mezonlari kiritildi (Espo konvensiyasi va Strategik ekologik baholash bayonnomasi talablari asosida);

4. Amaldagi 4 ta xavflilik toifalari halqaro talablarga muvofiq 3 taga o‘tkazildi;

5. Qonunosti hujjatlari Vazirlar Mahkamasining 541-son va 14-son qarorlari o‘rniga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Kutilayotgan natijalar:

1. Ob’yektlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini baholashning barcha jabhalarini qamrab oladi;

2. Ekologik ekspertiza xulosalari sifati oshadi, jamoatchilikning faol ishtiroki ta’minlanadi;

3. Respublikaga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan investorlar uchun ishonchli ekologik baholash tizimi joriy etiladi;

4. Davlat dasturlari, Bosh rejalar va yo‘l xaritalarining Strategik ekologik baholash tartiblari joriy etiladi;

5. Loyiha tashkilotlarining reyting tizimi joriy etiladi;

6. Atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, matbuot anjumanida amaldagi «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi, jumladan, jamoatchilik ishtiroki, Orxus va Espo konvensiyalari hamda Strategik ekologik baholash talablari kiritilishi bo‘yicha ma’lumotlar berilib, fikr-mulohaza muhokama o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring