Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektromobilda taksi qiluvchilarga imtiyozlar beriladi – loyiha

Elektromobilda taksi qiluvchilarga imtiyozlar beriladi – loyiha

Elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatuvchi fuqarolarga imtiyozlar joriy etish rejalashtirilyapti. Bu haqda prezident farmoni loyihasida qayd etilgan.

Hujjat loyihasiga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tib, taksi xizmatini ko‘rsatuvchi fuqarolar uchun belgilangan ijtimoiy soliqni to‘lashda 30 foizgacha chegirma berilishi hamda davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan, shu jumladan, aeroport va vokzallarning pulli avtoturargohlaridan 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.

Shuningdek, huquqbuzarlik va yo‘l-transport hodisasi sodir etmasdan 1 million kilometr masofada taksi xizmatini ko‘rsatgan fuqarolarga «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishonini berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, yuqoridagi tartib orqali elektromobilda taksi xizmatini ko‘rsatuvchi o‘zni o‘zi band qilgan fuqarolar soni 300 ming nafarga yetkaziladi. Yonilg‘i dvigatelli avtomobillarning atmosfera havosini ifloslantirishdagi ulushini esa 7 foizgacha kamaytirishga erishiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring