Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Emmanuel Alan Kabanis: Shavkat Mirziyoyev muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Emmanuel Alan Kabanis: Shavkat Mirziyoyev muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Fransiya milliy tibbiyot akademiyasi faxriy prezidenti Emmanuel Alan Kabanis O‘zbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqiga o‘z munosabatini bildirdi.

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqini koronavirus pandemiyasiga qarshi hamkorlikda kurashish va tarqalishining salbiy asoratlarini bartaraf etish masalasi bilan boshladi. 2019-yildan buyon Fransiya milliy tibbiyot akademiyasi faxriy prezidenti va professor sifatida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan ikkita asosiy tashabbusni alohida ta’kidlamoqchiman. Birinchisi, pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni qabul qilish va ishlab chiqish o‘z vaqtida bildirilgan tashabbus hisoblanadi, — dedi Emmanuel Alan Kabanis.

U BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi vaqtida ana shunday muhim va dolzarb g‘oya tashabbusi bilan chiqqani uchun O‘zbekiston Prezidentini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

— Shavkat Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatning pandemiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha barcha harakatlarini, jumladan, zarur dori-darmon hamda vaksinalar ishlab chiqish va ulardan keng foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega. Uning fikrlarini qo‘llab-quvvatlagan holda shuni qo‘shimcha qilamizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu taklifni sil kabi yuqumli kasalliklar hamda boshqa yaxshi tanish bo‘lgan xastaliklarga nisbatan ham qo‘llashi mumkin. Yaqinda ikki yuz yil muqaddam tashkil etilgan hamda 1820-yildan buyon Fransiyada butun tibbiyot tartib-intizomini birlashtirgan bizning Akademiyamizda a’zolarning navbatdagi kollegial yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda men O‘zbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqining asosiy fikrlarini taqdim etmoqchiman, — dedi faxriy prezident.

Emmanuel Alan Kabanis, shuningdek, yurtimizdagi, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta’kidladi.

— Ishonchim komilki, hukumatning sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosati a’lo darajada, chunki mamlakatda COVID-19 bilan zararlangan va vafot etgan bemorlar soni nisbatan kam. Bu respublikada olib borilayogan profilaktika ishlari samaradorligidan dalolat beradi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham pandemiyaning mintaqa fuqarolari hayotiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilamiz, — deb so‘zini yakunladi Fransiya milliy tibbiyot akademiyasi faxriy prezidenti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring