Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olib qo‘yilgan haydovchilik guvohnomasi yoki talon o‘z vaqtida yetib kelmasa nima qilish kerak?

Olib qo‘yilgan haydovchilik guvohnomasi yoki talon o‘z vaqtida yetib kelmasa nima qilish kerak?

Foto: «24Post.uz»

Xavfsizlik kamari taqilmaganligi uchun haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yish mumkin emas. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida ma’lum qilindi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish tarzida ma’muriy jazo nazarda tutilgan bo‘lsagina, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma haydovchidan olib qo‘yilishi mumkin.

Haydovchilik guvohnomasi yoki talon olinib, haydovchi istiqomat qilayotgan yoki transport vositasi ro‘yxatga olingan joydagi DYHXXga o‘ttiz kun ichida yetib kelmagan taqdirda vaqtinchalik ruxsatnomaning muddati shu DYHXXning faqatgina ma’muriy amaliyot inspektori yoki bunday vazifa yuklatilgan xodimi tomonidan o‘n kun muddatga uch marotaba uzaytirilishi mumkin.

Agarda ushbu muddatda ham guvohnoma kelib tushmasa, istisno tariqasida vaqtinchalik ruxsatnomaning muddati o‘n kun muddatga uch marotaba uzaytirilishi mumkin.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari uch oy muddat ichida tegishli organga kelib tushmagan hollarda xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, haydovchilik guvohnomasi yoki taloni yo‘qolganligi haqidagi xulosaga kelingan taqdirda haydovchining qo‘lida qolgan hujjat olib qo‘yilib, unga haydovchilik guvohnomasi va talonining dublikati imtihonsiz beriladi. Xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan vaqt davomida talonning amal qilish muddati uzaytirib beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring