Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB aholini yangi firibgarlikdan ogohlantirdi

IIBB aholini yangi firibgarlikdan ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar IIBB aholini firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi. 

Aytilishicha, so‘nggi kunlarda Toshkent shahri hududida, fuqarolarga telefon orqali o‘zini tergovchi deb tanishtirib, ularga farzandi yo‘l-transport hodisasi sodir etganligini aytib, aldov yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirganlik holatlari aniqlanmoqda.

«Hurmatli fuqarolar! Agar sizlarga noma’lum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, yaqin qarindoshingiz avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga sababchi bo‘lganligini aytib, aldov yo‘li bilan pul talab qilsa, ishonmang, zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling», deyiladi ichki ishlar mahkamasi xabarida.

Avval IIBB  poytaxtdagi savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring