Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iste’molchilarni elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Iste’molchilarni elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha reglament tasdiqlandi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (555-son, 31.08.2021-y.) bilan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, iste’molchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXP yoxud «ELEKTR» dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli ma’lumotlar taqdim etiladi.

Xizmat uchun BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im miqdori 24 300 so‘mni tashkil etadi.

Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat etganda yig‘im undirilmaydi.

Iste’molchi murojaat etgan kundan boshlab 3 ish kunida elektr tarmoqlariga ulanishni rad etgan taqdirda, tegishli to‘lov summasi iste’molchiga 3 ish kunida qaytarib beriladi.

Ulanadigan quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr ta’minoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab etilmaydi.

Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Mazkur tartib 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring