Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istirohat bog‘lari qanday talablarga javob berishi kerak?

Istirohat bog‘lari qanday talablarga javob berishi kerak?

Foto: «Xabar.uz»

Istirohat bog‘lari va yashil zonalarni tashkil etish metodologiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Tasdiqlangan nizomga muvofiq istirohat bog‘lari aholi punktlarining bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari asosida tashkil etiladi.

Istirohat bog‘lariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • yuqori texnologik, zamonaviy asbob uskunalar, texnologiyalar va attraksionlar bilan jihozlanganlik;
  • zamonaviy landshaft dizaynining qo‘llanilganligi;
  • favvoralarni qurish;
  • velosiped yo‘lakchalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam olish ob’yektlarini obodonlashtirish;
  • madaniy-dam olish xizmatlaridan foydalanish tizimining mavjudligi.

Istirohat bog‘lari hududlarida oilaviy dam olish ob’yektlari, yozgi teatrlar, lektoriylar, o‘qish zallari va kutubxonalar, attraksionlar, raqs zallari, tirlar va boshqalar faoliyat yuritishi lozim.

Shahar o‘rmonlari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, shahar bog‘lari, piyoda yurish uchun mo‘ljallangan xiyobonlar yashil zonalar tarkibiga kiradi.

Istirohat bog‘ini tashkil etishda ishtirok etishni istagan xususiy sherik o‘zi haqidagi ma’lumotlar, loyihani amalga oshirish maqsadlari, taxmin qilinayotgan ob’yekt yoki yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilingan arizani davlat sherigiga taqdim etadi.

Ariza 10 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Davlat sherigi hudud aholisi ehtiyojlaridan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan takliflarni o‘rganish natijalari asosida tanlov e’lon qiladi. Tanlov boshlanishidan avval 30 kalendar kunmobaynida tanlov savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Tanlov komissiyasi tomonidan ijobiy tavsiflangan xususiy sherik o‘n ish kuni mobaynida ijara shartnomasi yoki konsessiya bitimi tuzadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring