O‘zbekistonning JChdagi o‘yinlari Toshkentning barcha tumanlarida katta ekranlarda namoyish etiladi (ro‘yxat)
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Eng yirik tomosha maydoni «Bunyodkor» stadioni hududida tashkil etiladi — bu yerda 10 ming nafar muxlis birgalikda milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tumanlar kesimidagi maydonlar ro‘yxati:
- Bektemir tumani — Rohat mahallasi
- Mirobod tumani — «Furqat» bog‘i
- Mirzo Ulug‘bek tumani — «Central Park» istirohat bog‘i
- Olmazor tumani — «G‘alaba bog‘i»
- Sergeli tumani — Markaziy xiyobon
- Uchtepa tumani — «Seul Eko park»
- Chilonzor tumani — «G‘afur G‘ulom» bog‘i
- Shayxontohur tumani — «Anhor-Lokomotiv» bog‘i
- Yunusobod tumani — Yunusobod sport majmuasi
- Yakkasaroy tumani — «Do‘stlik» bog‘i
- Yangihayot tumani — INDEX park
- Yashnobod tumani — «Ashxobod» sayilgohi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari (Toshkent vaqti bilan):
- O‘zbekiston — Kolumbiya: 18 iyun soat 07:00 da
- Portugaliya — O‘zbekiston: 23 iyun soat 22:00 da
- DR Kongo — O‘zbekiston: 28 iyun kuni 04:30 da.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter