Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kafil shou» ko‘rsatuvida «Tracker» yutgan fuqaroga yutuq berilmagan

«Kafil shou» ko‘rsatuvida «Tracker» yutgan fuqaroga yutuq berilmagan

Milliy telekanallarimizda efirga uzatiladigan turli o‘yinlar, tok shou ko‘rsatuvlarda qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritayotgan yurtdoshlarimizni ko‘rib, kuzatmoqdamiz. Uy, mashina... Bu kabi sovrinlarni qo‘lga kiritganlarga ko‘pchilik havas ila boqishadi.

Ammo ular qo‘lga kiritgan yutuqlarini osonlik bilan qo‘lga kiritmoqdami? Savolga javob berishdan avval O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga kelib tushgan bir murojaatni keltirib o‘tsak.

O‘zbekiston Prezidenti ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatda ohangaronlik Shaxriyor Abrorov  23- iyul kuni «Mahalla» telekanalida Sug‘urta kompaniyasining «Kafil shou» ko‘rsatuvida ishtirok etib, «Tracker» avtomashinasini yutib olganini ammo hanuzgacha yutug‘ini ololmayotganidan norozilik bildirgan. Ushbu murojaat O‘zbekiston Iste’molchilar huqularini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi xodimlari tomonidan o‘rganildi. Federatsiya mutasaddilari «Kafil» sug‘urta kompaniyasiga borib, holatga aniqlik kiritishdi.

Natijada Sh. Abrorovga «Tracker» avtomashinasi olib berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring