Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlar qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanish huquqiga ega?

Kimlar qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanish huquqiga ega?

2019-yil 1-yanvardan qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Bu tartib Vazirlar Mahkamasining  2018-yil 22-oktyabrdagi  «Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘risida»gi qaroriga asosan belgilandi.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basining xabar berishicha, Shahrixon tumani «Shoh» ko‘chasining ikki tomonida asosan qurilish mahsulotlari bilan savdo qilayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar joylashgan.  Ularning ayrimlari bu qarordan bexabarga o‘xshaydi. To‘g‘rirog‘i, bilishsa ham turli bahonalarni ro‘kach qilib, yangi tartibga o‘tishni paysalga solishmoqda. Jumladan, Alisher Yusupov va Shuhratbek Nazirov.  Ikkovini ham tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari  bir necha bor ogohlantirishgan. Shunga qaramay, ular faoliyatini eski usulda davom ettirib kelayotgan edi.

Ma’lumki, qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari hajmining kattaligi va vaznining og‘irligi sababli, xususiy tadbirkorlar ushbu mahsulotlarni trasport vositalariga yuklash, tashish, tushirish, qadoqlash, qo‘riqlash va sotishni ruxsat etilgan bir nafar yollanma ishchi bilan bajara olmayotganliklari sababli qonunchilikda belgilanganidan ortiqcha xodimlarni yollab, norasmiy ishlatishiga majbur bo‘layotgan edi. Bu esa o‘z navbatida norasmiy yollangan xodimlarning mehnat muhofazasi va mehnat xavfsizligi ta’minlanmasdan, mehnat stajlari yuritilmasligiga hamda kelgusida asoslangan pensiya to‘lovi kafolatlanmasdan qolishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuniga binoan yuk ortish va tushirish og‘ir va xavfli ishlar toifasiga kiritilgan bo‘lib, ish jarayonida bir xodimning doimiy ko‘taradigan yuk og‘irligi 15 kg. dan va ish smenasi davomida jami ko‘taradigan yuki 870 kg. dan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Ayonki,  qopi 50 kilogramm bo‘lgan sement, shifer va yog‘och mahsulotlari sotishda 1 nafar ishchi bilan mazkur normalarga amal qilib bo‘lmaydi.

Yuridik shaxs esa rasmiy ravishda istagancha, ishchi kuchidan foydalanishi mumkin.

Soliq xodimlarining bu kabi targ‘ibotlari samarasida ayni paytga kelib, qurilish materiallari  savdosi bilan shug‘ullanayotgan  100 dan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring