Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kinorejissyor Bahrom Yoqubov olamdan o‘tdi

Kinorejissyor Bahrom Yoqubov olamdan o‘tdi

Taniqli kinorejissyor Bahrom Yoqubov 60 yoshida olamdan o‘tdi. Rejissyor o‘tgan yili «Antiqa ajrashish» nomli filmni suratga olgan edi.

Bahrom Yaqubov 1961 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetini tugatgan. Uzoq yillar «O‘zbekfilm» va «O‘zbektelefilm» studiyalarida rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Rejissyor ijodidagi ilk qadamlarini 1989 yilda «Yosh yozuvchining kundaligi» nomli qisqa metrajli filmni tasvirga olishdan boshlagan.

Ijodiy faoliyati davomida «Sarvinoz», «Baxt uchun million», «Tashlandiq», «Yondiradi, kuydiradi», «Fotima va Zuhra», «Sug‘diyona», «Jodugar», «Majruh», «Ichkuyov», «Superkelinchak», «O, Maryam, Maryam» kabi ko‘plab filmlarni suratga olgan.

Hozirga qadar Bahrom Yoqubov 10 dan ortiq badiiy va bir qator hujjatli filmlarni suratga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring