Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqillik bayrami kunlari mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi

Mustaqillik bayrami kunlari mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi

Foto: «Gazeta.uz»

Mustaqillik kuni arafasida poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga  «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 4 ta yo‘nalishda qatnovchi qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan:

№764\763-sonli «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdi 2018-yil 3–4-sentyabr kuni;

№ 4\3 -sonli «Toshkent –Termiz-Toshkent» poezdi 2018-yil 4 sentyabr kuni;

№60\59 -sonli «Toshkent-Andijon-Toshkent » yo‘nalishida «O‘zbekiston» poezdi 2018-yil 45-sentyabr kuni;

№10\9-sonli «Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida «Sharq» poezdi. 2018-yil 45-sentyabr kuni.

«Qo‘shimcha yo‘lga qo‘yiladigan poezdlar harakat jadvali xaqidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytimiz, joylardagi temir yo‘l kassalari yoki saytda ko‘rsatilgan xududiy temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin», deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bundan avvalroq mamlakat ichidagi qatnovlar, jumladan, «Afrosiyob» tezyurar poyezdlari uchun 50 foizlik chegirma joriy etgan edi. Chegirmalar 31-avgustdan 4-sentyabrga qadar amal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring