Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Malika»dagi do‘konlarning 80 foizi yopilgani rostmi? Davlat soliq qo‘mitasi oydinlik kiritdi

«Malika»dagi do‘konlarning 80 foizi yopilgani rostmi? Davlat soliq qo‘mitasi oydinlik kiritdi

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi «Malika» savdo majmuasida joriy yilning 13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan nazorat tadbiri tafsilotlari turlicha talqin qilinmoqda.

Xususan, «tadbirkorlarning 80 foiz do‘konlari yopib qo‘yildi», «endi bundan buyon tekshir-tekshir boshlandi» yoki «tovarlar hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmasdan olib qo‘yildi va ertaga qaytarilmaydi» kabi mazmundagi fikr-mulohazalar bildirilgandi.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, «Malika» savdo majmuasida mavjud jami 205 ta savdo do‘kondan 2018-yil 15-noyabr kuni ularning 80 foizdan ortig‘i, ya’ni barcha hujjatlarga ega, qonuniy yo‘l bilan ishlayotgan savdo do‘konlari o‘z faoliyatini odatdagidek davom ettirmoqda.

Soliq organlari esa tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga o‘z biznesini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishlari uchun yordam bermoqda. Joriy yilning birgina sentyabr-oktyabr oylarida 22 nafar shaxsning tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishiga ko‘maklashilgan.

Aynan «Malika» savdo majmuasidagi nazorat tadbirida 205 ta do‘kondan 13 tasida tadbirkorlik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar savdo bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Ularga tegishli bo‘lgan hech qanday hujjat va sifat sertifikatisiz, umumiy qiymati qariyb 308 mln. so‘mlik maishiy texnika vositalari, uyali aloqa telefonlari va aksessuarlar masala qonuniy hal bo‘lguniga qadar vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Nazorat tadbiri davomida hujjatsiz sotilayotgan tovarlarni vaqtincha olish yuzasidan barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi. Jumladan, tovarni olish dalolatnomasi (unda aniq ro‘yxat keltirilgan), uning nusxasi huquqbuzarga taqdim etilgan.

Savdodan olingan tovarlar saqlash uchun maxsus do‘konlarga topshirilib, ularning butligini ta’minlash bo‘yicha aniq mas’ul shaxslarga javobgarlik yuklatildi. Ushbu huquqbuzarlar kamchiliklarni bartaraf etsa, ya’ni 1 oylik muddat davomida o‘z faoliyatini qonuniy asosda yo‘lga qo‘ysa, ular uchun hech qanday jarimalar qo‘llanilmagan holda, olib qo‘yilgan tovarlari qaytarib berilishi sud orqali hal etiladi. Bu borada tegishli ishlar boshlab yuborilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring