Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ahvolini qarang, oyog‘ida turibdi arang...» — mast xodim xizmatdan haydaldi

«Ahvolini qarang, oyog‘ida turibdi arang...» — mast xodim xizmatdan haydaldi

Foto: IIV matbuot xizmati

Telegramda «Bugungi ayrim IIO xodimlaridan birining ahvolini qarang, oyog‘ida turibdi arang...» sarlavhasi ostidagi video tarqaldi.

IIV axborot xizmati xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimi A.A. xizmat kiyimida mast holda jamoat tartibi hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzib, ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring