Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MDH Ichki ishlar vazirlari Toshkentda muloqot o‘tkazdi

MDH Ichki ishlar vazirlari Toshkentda muloqot o‘tkazdi

Foto: O‘zA

Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston Ichki ishlar vazirliklari, Armaniston Politsiyasi delegatsiyalari, shuningdek, Hamdo‘stlik hududida Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashishni muvofiqlashtirish bo‘yicha byuro, MDH Ijroiya qo‘mitasi va Aksilterror markazi vakillari ishtirok etdi.

Majlisda hamkorlikni har tomonlama takomillashtirish yuzasidan fikr almashilib, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo dasturni amaliyotga joriy etishning ustuvor masalalari ko‘rib chiqilgan. Birgalikda o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar va maxsus operatsiyalar ijobiy natijalar bergani qayd etilgan.

Kengash a’zolari ichki ishlar vazirliklari va politsiya hamkorligiga oid konsepsiya hamda so‘rovnomalarni xalqaro nazorat ostida yetkazishning yagona tartibini muhokama qildi va tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring