Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?

MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?

Foto: «Protoday.uz»

Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, Majburiy ijro byurosiga energoresurslar bo‘yicha qarzdorliklari mavjud bo‘lgan iste’molchilarning plastik kartalarining hisob raqamlaridan eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi pul mablag‘larini har oyda so‘zsiz yechib olish huquqi berilgan edi.

Ushbu yangi tartib bo‘yicha ko‘pchilik mushtariylar savollar bilan murojaat qilib, birovning shaxsiy mulki hisoblanmish plastik kartochkadan beruxsat pul yechib olish qanchalik to‘g‘ri yo noto‘g‘ri ekanini, buning uchun sud qarori bo‘lishi kerakligini so‘radilar. Biz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Majburiy ijro byurosining matbuot xizmati bilan bog‘landik.

MIB matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur farmonda «eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi pul mablag‘larini har oyda so‘zsiz yechib olish» haqida gap ketmoqda. Agar 2 baravardan ko‘p yechib olish talab etilsa, bunga sud qarori asos bo‘lishi mumkin. Lekin endilikda fuqarolarning plastik kartochkasidan 2 baravargacha pul mablag‘larini so‘zsiz (!) yechib olish yuqoridagi farmon bilan asoslab qo‘yildi.

Demak, bu yerda hech qanday qonunbuzilish holati yo‘q. Qarzdor fuqaroning plastik kartochkasidan EKIHning 2 baravardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda pul yechib olishi Prezident farmoni bilan so‘zsiz ijro etilishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring