Milliy antidoping agentligiga direktor tayinlandi
Hukumat qaroriga asosan, Nodirjon Botirovich Tursunov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Milliy antidoping agentligi sportda doping qo‘llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksiga asoslangan milliy antidoping qoidalarini joriy qilish, shuningdek ularga rioya etilishini ta’minlashni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter