Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misrdan insonparvarlik yordami keldi

Misrdan insonparvarlik yordami keldi

Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit S ga qarshi «Sofosbuvir-400mg» dori vositasining joriy yildagi to‘rtinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi.

Jami 6720 donadan iborat mazkur preparatlar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Misr hukumati 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSh dollarilik jami 800 ming dona «Daklatasvir», «Sofosbuvir» hamda «Entekavir» dori vositalarini yurtimizga beg‘araz ko‘mak sifatida taqdim etishni rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring