Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda ajrashmoqchi bo‘lgan 200 ta oila yarashtirildi

Namanganda ajrashmoqchi bo‘lgan 200 ta oila yarashtirildi

Oxirgi olti oyda Namangan viloyatida FHDYo bo‘limlari tomonidan 200 ta oilaning turmushi tiklandi.

Bu haqda DXAning viloyat boshqarmasi ma’lum qilgan. 

- Har bir ajrashish arafasida turgan oilalarni o‘rgansangiz ularning muammolari bir-biriga juda o‘xshaydi. Ammo ajrimga qadar oilani saqlab qolishning imkoniyati ancha yuqori. FHDYo bo‘limlariga ham kun ora ajrashaman deb keluvchilar juda ko‘p. Biz birinchi galda ular bilan suhbat quramiz, ajrashish sabablarini obdon o‘rganib chiqamiz. Shundan so‘ng, ajralishning salbiy oqibatlari haqida tushinchalar beramiz. Mahalla faollari bilan ajrimni oldini olish tadbirlarida qatnashamiz. Shuning natijasi o‘laroq, Chust tumanida o‘tgan 6 oy davomida 96 ta oilani yarashtirishga erishdik-, deydi Chust tuman FHDYo bo‘limi mudiri  Dilafro‘z Inomjonova.

Avvalroq, Davlat xizmatlari agentligi 2020 yilning birinchi yarim yilligi uchun FHDYo statistikasini taqdim etgandi. E’tiborli tomoni, o‘tgan yili 104 159 ta va ushbu yilda 80 139 ta nikoh qayd etilgan. Buni koronavirus pandemiyasidagi cheklovlar bilan bog‘lash mumkin. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring