Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bojxonachilar noqonuniy olib kirilayotgan televizorlarni to‘xtatib qoldilar

Bojxonachilar noqonuniy olib kirilayotgan televizorlarni to‘xtatib qoldilar

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Farg‘ona tumanining chegaradosh hududida tezkor tadbir o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati. 

Tadbir davomida yurtimizga umumiy qiymati 24,2 million so‘mlik 22 dona «FULL HDTV» nomli televizorlarni noqonuniy olib kirilishini oldi olingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi Yu.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada uning uyidan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, jami 32 dona umumiy qiymati 37 million so‘mlik «Yasin» va «LED HD TV» nomli televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib boriliyotgani ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring