Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishga kiritishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

O‘qishga kiritishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Xorazm viloyati Hazorasp tumani “Ziyolilar” MFY hokim yordamchisi I.R. pora berishda gumonlanyapti.

U Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.

Xabarda aytilishicha, I.R.fuqaro D.R.ni Toshkent gumanitar fanlar universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, 1 400 AQSh dollari talab qilgan va ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring