Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati

Farg‘ona viloyati hokimining qarori bilan Holiqov Bahodir Rahmatullayevich viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

2020-yil 20-fevraldan beri viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Saidmurod Aminjonov o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etildi.

Bahodir Xoliqov 1972-yil 26-yanvarda Rishton tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1994-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Uzoq yillar davomida Soliq tizimida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan, Marg‘ilon, Quvasoy va Farg‘ona shaharlari Davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i bo‘lgan.

2019-2020-yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan.

Bahodir Xoliqov 2020 yildan tayinlovga qadar viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring