Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ota-onaning bolaga baqirib tarbiya berishi xavfli — psixolog

Ota-onaning bolaga baqirib tarbiya berishi xavfli — psixolog

Ota-onalarning bolaga ovozini baland ko‘tarib gapirish odati bola ruhiyati uchun xavflidir.

Bu haqda bolalar psixologi Natalya Derbeneva ma’lumot bermoqda.

Mutaxassisning fikricha, bolalar kattalarning xatti-harakatlariga faol taqlid qiladilar va oiladan nafaqat yaxshi, balki yomon odatlarni ham oladilar.

«Shuning uchun, agar bola sizga gap qaytara boshlasa, boshqa hurmatsizlik qilsa, o‘z xatti-harakatlaringizni tahlil qiling.

U oilada qabul qilingan xatti-harakatlar normasiga rioya qiladi. O‘z tajribamdan shuni aytishim mumkinki, bunday bolalar darhol ko‘zga tashlanadi: ular uchun ham tengdoshlar, ham kattalar bilan muloqot qilish qiyin; ular xotirjam nutqqa munosabat bildirmaydilar, notinch, asabiy, xirillagan va ba’zida hatto tajovuzkor bo‘lib qoladilar, - dedi Natalya Derbeneva.

Psixologning qo‘shimcha qilishicha, tarbiyada baland ovoz va qichqirishni muntazam ravishda qo‘llash,  bolada ishonchsizlikni kuchaytirib yuborishi mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring