Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek madaniyati Rimda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon oziq-ovqat forumi ishtirokchilarining diqqat markazida

O‘zbek madaniyati Rimda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon oziq-ovqat forumi ishtirokchilarining diqqat markazida

16-20-oktyabr kunlari Rimdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh qarorgohida o‘tkazilgan Butunjahon oziq-ovqat forumi doirasida O‘zbekistonning maxsus tadbiri (side event) bo‘lib o‘tdi. Xalqaro forumda O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan Toshkent Davlat agrar universiteti talabalaridan iborat yoshlar delegatsiyasi faol ishtirok etdi. Butunjahon oziq–ovqat forumi FAOning agro-oziq-ovqat tizimlarini o‘zgartirish va oziq-ovqat xavfsizligi, barqarorlik, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish bo‘yicha global sa’y-harakatlar doirasidagi asosiy tashabbuslaridan biridir.

FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Toshkent Davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda  talabalarga agroiqtisodiy tizimlar bilan bog‘liq muammolarni hal etish borasidagi o‘z faoliyatlari to‘g‘risida aytib berish va o‘zaro tajriba almashish imkoniyati berildi. Tadbir mehmonlari O‘zbekistonning madaniy merosi va uning qishloq xo‘jaligi an’analariga ta’siri bilan tanishish, mamlakat yoshlarining ta’lim sohasidagi imkoniyatlari haqida ko‘proq bilish, mamlakatning noyob tajribasi va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi yutuqlarini baholashdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring